locale OZ

JCH-2026 saralashi. Daniya uyda Belarusni yenga olmadi

Barcha masala so‘nggi turda hal qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 saralashi. Daniya uyda Belarusni yenga olmadi
ФОТО: Getty images

Daniya jahon chempionatining saralashida o‘z maydonida Belarusni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Garchi o‘yinda daniyaliklar hisobni ochgan bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bo‘limning 62 va 65-daqiqalarida ikki marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. 79-daqiqada esa mezbonlar gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bu durangdan keyin skandinavlar 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Mundial yo‘llanmasi so‘nggi turda Glazgoda hal bo‘ladigan bo‘ldi.

JCH-2026 saralashi.
C guruhi
Daniya – Belarus 2:2
Gollar: Damsgor, 11 (1:0). Gromiko, 62 (1:1). Demchenko, 65 (1:2). Isaksen, 79 (2:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting