JCH-2026 saralashi. Belgiya Qozog‘istonda durang o‘ynadi
Mundial masalasi so‘nggi turga qoldi.
ФОТО: Getty images
Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bahslari davom etmoqda.
J guruhining peshqadami Belgiya safarda Qozog‘iston bilan durang o‘ynadi. Mezbonlar safida Satpaev hisobni ochdi. Mehmonlarning yagona goli Vanaken tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, belgiyaliklar mundial yo‘llanmasi masalasini so‘nggi turga qoldirdi.
Rudi Garsiya jamoasi oxirgi turda o‘z uyida Lixtenshteynni mag‘lub etsa, jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa
J guruhi. 9-tur
Qozog‘iston — Belgiya 1:1
Gollar: Satpaev (9) — Vanaken (48).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist