locale OZ

JCh-2026 saralashi. 5 ta to'p kiritilgan bahsda Portugaliya irodali g'alabani qo'lga kiritdi

Varga dublga erishdi, Ronaldu 943-golini penaltidan urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. 5 ta to'p kiritilgan bahsda Portugaliya irodali g'alabani qo'lga kiritdi
Photo: gettyimages

Jahon chempionati 2026 saralash bosqichi Yevropa qit'asi o'yinlari doirasidagi Vengriya hamda Portugaliya jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.

Keskin kurashlarga va gollarga boy tarzda kechgan bahsda portugaliyaliklar iroda namoish qilib, 2:3 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi. Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 943-golini raqib darvozasiga kiritdi. Vengriyaning 2 goliga esa Varga mualliflik qildi. Shuningdek Bernardu Silva hamda Joau Kanselular ham o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi.

JCH-2026. Saralash. Yevropa
Vengriya - Portugaliya 2:3
Gollar: Varga (21, 84), Bernardu Silva (36), Ronaldu (pen. 58), Kanselu (86).
Vengriya — Tot (Etvesh, 60), Kerkez (Dardai, 90), Salai, Orban, Nego, Nad (Lukach, 60), Staylz (Vitalis, 81), Soboslai, Tot, Bolla (Kuber, 90), Varga.
Portugaliya — Koshta, Mendesh, Diash, Nevesh, Kanselu, J.Nevesh (Feliks, 79), Vitinya (Silva, 87), Fernandesh (Trinaku, 66), Silva, Netu (Palinya, 79), Ronaldu (Ramush, 87).
Ogohlantirishlar: Varga (56), J.Nevesh (77), Palinya (90+5).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting