JCh-2026 reklama pauzalari Bekhemga katta daromad olib keladi
Angliya terma jamoasi sobiq sardori va “Inter Mayami” klubi hammuallifi Devid Bekhem JCh-2026 vaqtida reklama orqali katta daromad olishi kutilmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Bekhem mundial davomida namoyish etilayotgan reklama kampaniyalari hisobidan taxminan 19 mln funt ishlab topadi.
Bunga turnir o‘yinlaridagi reklama pauzalari, shuningdek, issiq ob-havo sabab joriy etilgan “suv ichish tanaffuslari” ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bekhem hozirda bir nechta yirik xalqaro brendlarning reklama kampaniyalarida ishtirok etmoqda. Shu sababli JCh-2026 uning biznes daromadlari uchun ham muhim turnirga aylangan.
Ma’lumot uchun, JCh-2026 AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Turnir 11-iyun kuni boshlangan va 19-iyul kuni yakunlanadi.