locale OZ

JCh-2026: Qatar guruh bosqichida qolib ketdi

“A” guruhida 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Qatar guruh bosqichida qolib ketdi
FOTO: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Bosniya va Gersegovina terma jamoasi Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija bosniyaliklarga pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Alajbegovich hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Qatar himoyachisining avtogoli hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Hasan Al-Haydos bitta gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda Bosniya va Gersegovina o‘yin nazoratini saqlab qoldi va 80-daqiqada Mahmichning goli bilan uchrashuvga yakuniy nuqta qoʻydi — 3:1.

Maʼlumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng Bosniya va Gersegovina ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. Qatar esa mundialdagi ishtirokini guruh bosqichida yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting