locale OZ

JCh-2026 ochilish marosimida Oʻzbekiston bayrogʻi namoyish etildi

Shu tariqa, 2026 yilgi Jahon chempionati boshlandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
JCh-2026 ochilish marosimida Oʻzbekiston bayrogʻi namoyish etildi
FOTO: Getty Images

Meksika poytaxti Mexikodagi muhtasham «Atsteka» stadionida 2026 yilgi Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda musobaqada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar qatorida Oʻzbekiston bayrogʻi ham maydonga olib chiqildi.

Turnirning asosiy bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan boʻlim, ular 4 tadan 12 ta guruhga boʻlingan. Musobaqaga mezbonlik qilayotgan uch mamlakat (AQSH, Kanada, Meksika) turnirda toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan, qolgan jamoalar esa saralash bosqichidan oʻtib kelishdi.

Guruh bosqichi oʻyinlari 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi. Unda jamoalar bir davrali tizimda oʻzaro bahs olib borishadi (har bir terma jamoa uchtadan oʻyin oʻtkazadi). Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan eng yaxshi jamoa hamda uchinchi oʻrinni band etgan eng kuchli 8 ta terma jamoa yoʻl oladi. Musobaqa davomida jami 104 ta uchrashuv oʻtkaziladi va bu Jahon chempionatlari tarixidagi mutloq rekord koʻrsatkichdir.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting