locale OZ

JCh-2026. Niderlandiya Tunisni mag‘lubiyatga uchratib, guruhda 1-o'rinni egalladi

O'yinda jami 4 ta to'p darvozalardan joy oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Niderlandiya Tunisni mag‘lubiyatga uchratib, guruhda 1-o'rinni egalladi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Tunis
1
Niderlandiya
3

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turi doirasida Tunis hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi. Bahsda niderlandiyaliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv taqdiri asosan birinchi bo‘limdayoq oydinlashdi. O‘yinning 3-daqiqasidayoq Tunis terma jamoasi a’zosi Elyes Sxiri o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, jamoasini qiyin ahvolga soldi. 7-daqiqada Virjil van Deykning uzatmasidan so‘ng Brayan Brobbey raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda Tunis terma jamoasi vaziyatni o‘nglashga qattiq kirishdi. Buning natijasida uchrashuvning 54-daqiqasida Hazem Masturi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 62-daqiqada Yan Pol van Hekke yevropaliklarning uchinchi golini kiritdi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya «F» guruhida peshqadamga aylanib, Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting