JCh-2026 Krishtianu Ronaldu uchun soʻnggi mundial boʻladi
Portugaliyalik futbolchi bu vaqtda 41 yoshga toʻlgan boʻladi.
FOTO: Getty Images
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi soʻnggi mundial boʻlishini maʼlum qildi.
«Keyingi Jahon chempionati men uchun soʻnggisi boʻladimi? Albatta, bu rost. Oʻshanda men 41 yoshga toʻlaman. Bu buyuk turnirda yana ishtirok etish — men uchun katta baxt. Men hozirgi daqiqalardan rohatlanmoqdaman», — dedi Ronaldu.
Maʼlumot uchun, Krishtianu 2003 yilning avgust oyidan buyon Portugaliya milliy jamoasi safida toʻp surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 225 ta oʻyinda maydonga tushib, 143 ta gol urdi va 46 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist