locale OZ

JCH-2026. Kolumbiya Kongo ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekiston keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Kolumbiya Kongo ustidan g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvida Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

"K" guruhidan o‘rin olgan bellashuv Meksikaning Sapopan shahridagi "Akron" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol 76-daqiqada kolumbiyalik himoyachi Daniel Munyos tomonidan kiritildi. Kongo posboni esa o‘yin davomida bir nechta seyvlar namoyish etib, hisob yirik ko‘rinish olishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ikki turdan so‘ng Kolumbiya 6 ochko bilan K guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 4 ochko bilan Portugaliya joylashgan. Kongo esa 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionati-2026. K guruhi, 2-tur
Kolumbiya — Kongo DR — 1:0
Gol: Daniel Munyos, 76.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting