locale OZ

JCH-2026. Kabo-Verde sensatsiya qayd etishda davom etadi. Bu safar Urugvay bilan durang

Natijada har ikki jamoa ham ochkolari sonini 2 taga yetkazib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Kabo-Verde sensatsiya qayd etishda davom etadi. Bu safar Urugvay bilan durang
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Urugvay
2
Kabo-Verde
2

Jahon chempionati H guruhi 2-turidan o‘rin olgan Urugvay va Kabo-Verde terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

21-daqiqada “Krasnodar” va Kabo-Verde terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin Lenini o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Himoyachi Maksimiliano Arauho 44-daqiqada javob to‘pini kiritdi. Yarim himoyachi Agustin Kanobbio 45+6-daqiqada Urugvay terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada orolliklar hujumchisi Elio Varela o‘yindagi hisobni tenglashtirdi.

Natijada har ikki jamoa ham ochkolari sonini 2 taga yetkazib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Guruh bosqichining so‘nggi, 3-turida Urugvay Ispaniya bilan, Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaydi, ikkala uchrashuv ham 27-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting