JCh-2026: Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum boʻldi
Bu galgi mundial yangi formatda oʻtkazilib, unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 1 aprel kuni, qitʼalararo pley-off bahslari yakunlanishi bilan 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatining barcha 48 ta ishtirokchisi nomi aniqlandi. Soʻnggi yoʻllanmalardan birini Boliviya ustidan gʻalaba qozongan Iroq terma jamoasi qoʻlga kiritdi.
Mundialning guruh bosqichi quyidagi koʻrinishni oldi:
- A guruhi: Meksika, JAR, Janubiy Koreya, Chexiya*.
- B guruhi: Kanada, Shveysariya, Qatar, Bosniya va Gersegovina*.
- C guruhi: Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya.
- D guruhi: AQSH, Paragvay, Avstraliya, Turkiya*.
- E guruhi: Germaniya, Kyurasao, Kot-d’Ivuar, Ekvador.
- F guruhi: Niderlandiya, Yaponiya, Tunis, Shvetsiya*.
- G guruhi: Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya.
- H guruhi: Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay.
- I guruhi: Fransiya, Senegal, Norvegiya, Iroq*.
- J guruhi: Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya.
- K guruhi: Portugaliya, Kolumbiya, Oʻzbekiston, KXDR*.
- L guruhi: Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama.
* — oʻtish bahslari (pley-off) orqali yoʻllanma olgan jamoalar.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi jahon birinchiligi yangi formatda oʻtkazilib, unda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Musobaqa 11 iyun kuni start olib, 19 iyulga qadar davom etishi belgilangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist