locale OZ

JCh-2026 guruh bosqichida 999 nafar futbolchi maydonga tushdi

Jamoalar sonining 48 taga oshirilgani turnirga ko‘proq futbolchi, ko‘proq o‘yin va ko‘proq raqobat olib kirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 guruh bosqichida 999 nafar futbolchi maydonga tushdi
Foto: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, musobaqada yirik statistik ko‘rsatkich qayd etildi. Guruh bosqichi bahslarida 48 ta milliy terma jamoa safida jami 999 nafar futbolchi ishtirok etdi.

Mazkur bosqich davomida jami 72 ta uchrashuv o‘tkazildi. Bu esa 48 terma jamoa ishtirokidagi yangi formatning qanchalik katta miqyosga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, 32 ta terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ular orasida Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Argentina, Braziliya, Niderlandiya, Belgiya, Kolumbiya, Xorvatiya, Marokash, Yaponiya, AQSH, Meksika, Norvegiya, Shveytsariya, Senegal, Gana, Avstraliya, Misr, Jazoir, DR Kongo, Kabo-Verde, Kanada, Janubiy Afrika, Paragvay, Shvetsiya, Avstriya, Bosniya va Gersegovina, Kot-d’Ivuar hamda Ekvador kabi jamoalar bor.

Pley-off bosqichi 28-iyun kuni start oldi. Ilk o‘yin Janubiy Afrika va Kanada terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.

JCh-2026 formati avvalgi mundiallardan sezilarli darajada farq qilmoqda. Jamoalar sonining 48 taga oshirilgani turnirga ko‘proq futbolchi, ko‘proq o‘yin va ko‘proq raqobat olib kirdi. Shu sababli bu mundial futbol tarixidagi eng yirik musobaqalardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting