locale OZ

JCh-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum boʻldi — Polymarket

Unga koʻra, Fransiya favorit boʻlib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum boʻldi — Polymarket
FOTO: Getty Images

Turli voqealar sodir bo‘lish ehtimolini baholashga ixtisoslashgan Polymarket sayti Jahon chempionati g‘olibligi uchun kurashni davom ettirayotgan 8 ta terma jamoaning chempionlik imkoniyatlarini foizlarda baholadi.

Platforma tahlillariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi musobaqaning bosh favoriti bo‘lib turibdi.

Chorak final bahslari oldidan fransuzlarning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 33 foizga baholangan. Amaldagi chempion Argentina 21 foiz bilan ikkinchi, Ispaniya esa 19 foiz ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Polymarket talqiniga ko‘ra chorak finalchilarning chempionlik imkoniyatlari quyidagicha taqsimlangan:

  1. Fransiya — 33%
  2. Argentina — 21%
  3. Ispaniya — 19%
  4. Angliya — 16%
  5. Norvegiya — 6%
  6. Marokash — 3%
  7. Belgiya — 2%
  8. Shvetsariya — 2%
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting