locale OZ

JCH-2026. Germaniya Kyurasao bilan oson g‘alabaga erishdi

Mundialdagi eng yirik hisob qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Germaniya Kyurasao bilan oson g‘alabaga erishdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.06.2026, Yak.
Germaniya
7
Kyurasao
1

Jahon chempionatining E guruhi 1-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda yirik hisob qayd etildi. Yevropaliklar musobaqa debyutantini 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

6-daqiqada Feliks Nmecha hisobni ochib, Germaniyani oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Livano Komnenensiya muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Niko Shlotterbek nemislarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Kay Haverts penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

47-daqiqada Jamol Musiala Germaniyaning to‘rtinchi golini urdi. 68-daqiqada Nataniyel Braun bundestimning beshinchi goliga mualliflik qildi. 78-daqiqada esa Deniz Undav o‘z nomini tabloga yozdirib, hisobni 6:1 ga yetkazdi.

Uchrashuvning 88-daqiqasida Kay Haverts o‘zining ikkinchi, Germaniyaning esa yettinchi golini kiritdi va hisob 7:1 ko‘rinishiga yetdi.

Jahon chempionati–2026. E guruhi, 1-tur
Germaniya – Kyurasao – 7:1

Gollar: Nmecha, 6 (1:0), Komnenensiya, 21 (1:1), Shlotterbek, 38 (2:1), Haverts, 45+5 pen. (3:1), Musiala, 47 (4:1), Braun, 68 (5:1), Undav, 78 (6:1), Haverts, 88 (7:1).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting