JCh-2026: Fransiya Marokashni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Jahon chempionatining chorak final bosqichidan o‘rin olgan Fransiya — Marokash uchrashuvi yakunlandi. Unda amaldagi vitse-chempionlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 28-daqiqasida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe penaltidan foydalana olmadi. Shunga qaramay, 60-daqiqada jamoa sardorining o‘zi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Usmon Dembele Mbappening uzatmasidan so‘ng fransuzlarning ustunligini mustahkamladi — 2:0.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Fransiya terma jamoasi yarim finalga yo‘llanma oldi va ushbu bosqichda fransuzlar 10-iyul kuni o‘tkaziladigan Ispaniya — Belgiya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, JCh-2026 bahslari AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning final uchrashuvi 19-iyul kuni Amerikaning Ist-Raterford shahrida boʻlib oʻtadi.