locale OZ

JCh-2026: Ekvador Germaniyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Nemislar esa muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Ekvador Germaniyani mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
FOTO: Getty Images

Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Ekvador terma jamoasi Germaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuvda hisobni 2-daqiqada Leroy Sane ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Nilson Angulo muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida esa Gonsalo Plata g‘alaba golini urib, Ekvadorga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Mazkur natijadan so‘ng Ekvador guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Germaniya esa mag‘lubiyatga qaramay, avvalroq muddatidan oldin guruh g‘olibi sifatida keyingi bosqichdagi ishtirokini kafolatlab bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Ekvador terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida uchinchi bor pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting