locale OZ

JCh-2026. Chexiya va JAR o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Jahon chempionatining 2-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Chexiya va JAR o‘yinida g‘olib aniqlanmadi
FOTO: Getty Images

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati «A» guruhi 2-turi doirasidagi Chexiya va JAR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium» o‘yingohida kechgan bahsni amerikalik hakam Tori Penso boshqarib bordi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq yarim himoyachi Mixal Sadilek chexlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida, ya’ni 83-daqiqada hakam Tori Penso chexiyaliklar darvozasiga qo‘l bilan o‘ynalgani uchun penalti belgiladi. Yarim himoyachi Teboho Mokoena o‘n metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining 1-turida Chexiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga (1:2) imkoniyatni boy bergan edi. JAR esa turnirning ochilish o‘yinida Meksika termasidan (0:2) mag‘lubiyatga uchragan edi. Guruhning so‘nggi turida chexlar Meksikaga qarshi, JAR vakillari esa Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting