locale OZ

JCh-2026. Bosniya va Gertsegovina Italiyani magʻlub etib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Uchrashuv taqdir penaltilar seriyasida hal boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026. Bosniya va Gertsegovina Italiyani magʻlub etib, Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Zenitsa shahridagi «Bilino Pole» stadionida 2026 yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma beruvchi «A» yoʻli oʻtish bahslarining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Bosniya va Gersegovina hamda Italiya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi.

Oʻyinning 15-daqiqasida Moyze Kin hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq uchrashuvning 42-daqiqasida Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Son jihatdan ustunlikka ega boʻlgan mezbonlar 79-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq boʻlishdi — gol muallifi Xaris Tabakovich.

Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangach, gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Bosniya va Gersegovina futbolchilari 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, Jahon chempionati yoʻllanmasiga ega boʻlishdi.

Ma’lumot oʻrnida, Bosniya va Gersegovina yarimfinal bosqichida Uels toʻsigʻidan oʻtgan edi (1:1, pen. boʻyicha — 4:2). Italiya esa Shimoliy Irlandiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl olgandi.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi jahon birinchiligi finalida argentinaliklar Fransiya bilan durang oʻynab (3:3), penaltilar seriyasida (4:2) gʻalaba qozonishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting