JCh-2026: Bellingemning dubli Angliyani yarim finalga olib chiqdi, Norvegiya turnirni tark etdi
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/4 finalidan o‘rin olgan Norvegiya hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mayami (Florida shtati, AQSh) shahridagi "Xard Rok" stadionida kechgan qiziqarli bahs qo‘shimcha taymlarda angliyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan tugagan edi. Norvegiya terma jamoasi safida yagona golga Andreas Shelderup mualliflik qilgan bo‘lsa, Angliya tarkibida Jud Bellingem dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi. Endi Angliya terma jamoasi yarim final bosqichida Argentina – Shvetsariya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot o‘rnida, turnirning nimchorak finalida norvegiyaliklar Braziliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan, inglizlar esa murosasiz kechgan bahsda Meksikadan 3:2 hisobida ustun kelishgandi. 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda.