JCH-2026. Argentina Shveysariyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
15 iyul kuni Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
ФОТО: Getty images
2026 yilgi Jahon chempionatining chorak final bahsida Argentina milliy terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
AQSHning Missuri shtati, Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni 10-daqiqada Aleksis Mak Allister ochdi. Shveysariya safida Dan Ndoye 67-daqiqada muvozanatni tikladi.
Uchrashuvning asosiy vaqti g‘olibni aniqlab bermaganidan so‘ng, qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tildi. 112-daqiqada Xulian Alvares goli jamoasini yana oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 120+1-daqiqada Lautaro Martines uchrashuvga nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa, Argentina yarim finalga chiqdi va joriy yilning 15 iyul kuni Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.