locale OZ

JCh-2026 anonsi. Bugun E va F guruhida 2-tur o‘yinlari davom ettiriladi

Pley-off ishtirokchilari soni ortishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 anonsi. Bugun E va F guruhida 2-tur o‘yinlari davom ettiriladi
ФОТО: Getty images

Mundialda ikkinchi tur davom etmoqda – 20 iyun kuni kechqurun va 21 iyunga o‘tar kechasi E va F guruhlarida yana to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Avval F guruhida birinchi turda yaponlarga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotgan Niderlandiya guruh peshqadami Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi, agar shvedlar bu o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilishi mumkin. Yaponiya esa Tunis bilan bellashadi.

Turnirning hozircha eng yirik hisobini qayd etgan Germaniya ham Kot-d’Ivuar bilan o‘yinda navbatdagi g‘alabasini nishonlab, muddatidan oldin guruh masalasini hal qilishi mumkin. Birinchi turda nemislardan 7 ta gol o‘tkazib yuborgan Kyurasao bu turda Ekvadorga qarshi maydonga chiqadi.

E guruhi:
01:00. Germaniya — Kot-d’Ivuar;
05:00. Kyurasao — Ekvador.

F guruhi:
22:00. Niderlandiya — Shvetsiya;
09:00. Yaponiya — Tunis.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting