locale OZ

JCH-2026. Angliya Xorvatiyani mag'lub etib, turnirni g'alaba bilan boshladi

Keyn dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Angliya Xorvatiyani mag'lub etib, turnirni g'alaba bilan boshladi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
Angliya
4
Xorvatiya
2

Jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda inglizlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Harri Keyn dublga erishdi. Bellingem va Reshford ham inglizlar safida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga javoban xorvatiyaliklar ham ikki bor Angliya darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, Tomas Tuxel jamoasi mundialni g‘alaba bilan boshladi. Keyingi o‘yinni Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Xorvatiya esa Panama bilan kuch sinashadi.

JCH-2026. 1-tur
Angliya – Xorvatiya 4:2
Gollar:
Keyn 12 pen, 42, Bellingem 47, Reshford 85 - Baturina 36, Musa 90+5.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting