JCh-2026: Angliya — Xorvatiya uchrashuviga hakamlar tayinlandi
Fransiyalik hakam Kleman Tyurpen futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatining «L» guruhi 1-turi doirasidagi Angliya va Xorvatiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinga bosh hakam etib tayinlandi, deya xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti. Uchrashuv 17-iyun kuni «Ey-Ti-end-Ti» stadionida (Arlington, Texas, AQSH) boʻlib oʻtadi.
Ushbu oʻyinda qanot hakamlari sifatida Nikolia Dano va Benjamen Paje (ikkisi ham Fransiya) ishlaydi. Zaxira hakami etib Katya Garsiya, zaxira hakam yordamchisi sifatida esa Sandra Ramires (ikkisi ham Meksika) tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi dunyo birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqqan (4:2).