locale OZ

JCh-2026: Angliya Gana bilan durang oʻynadi

Uchrashuvda tomonlar gol urishning uddasidan chiqa olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Angliya Gana bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

Angliya va Gana terma jamoalari JCh-2026dagi o‘zaro uchrashuvda g‘olibni aniqlay olmadi. «L» guruhi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuv AQShning Foksboro shahridagi “Gillette” stadionida o‘tkazildi.

Har ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. Vaziyatlar bo‘ldi, biroq hujumchilar yakuniy zarbalarda aniqlik ko‘rsata olmadi. Natijada Angliya ham, Gana ham turnirdagi ikkinchi o‘yinida bittadan ochko bilan kifoyalandi.

Ushbu durangdan so‘ng Angliya va Gana hisobida 4 ochkodan bor. L guruhidagi qolgan ikki jamoa — Xorvatiya va Panama esa 2-tur uchrashuvini keyinroq o‘tkazadi.

3-turda Angliya Panama bilan, Gana esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi. Guruhdagi pley-off uchun kurash esa so‘nggi turgacha davom etadigan ko‘rinish oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting