JCH-2026 1-turining ramziy jamoasi e'lon qilindi (Opta)
Opta tahliliy platformasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Undan Kabo-Verde darvozaboni Vozinya, Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi va norvegiyaliklar forvardi Erling Holand o‘rin oldi.
Tarkibda shuningdek himoyachilar Entoni Robinson (AQSH), Amir Murilyo (Panama), Garri Suttar (Avstraliya) va Pedro Lopes (Kabo-Verde) o‘rin olgan.
Yarim himoya Ueston Makkenni (AQSH) va Ayub Buaddidan (Marokash) tashkil topgan. Hujumda Messi va Holand bilan birga — Kilian Mbappe (Fransiya) va Yan Diomand (Kot-d’Ivuar).
Messi Jazoir bilan o‘yinda (3:0) xet-trik qayd etdi, Holand Iroq darvozasiga dubl yo‘lladi (4:1), Mbappe Senegalga ikkita gol urdi (3:1).
Vozinya Ispaniya bilan uchrashuvda (0:0) yettita seyv amalga oshirdi va o‘yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.