Jazoir tarixida 5-bor jahon chempionatiga chiqdi
JCh-2026 ishtirokchilari soni 20 taga yetdi.
ФОТО: Getty images
Jazoir terma jamoasi JCh–2026 saralash bosqichining 9-turida Somalini 3:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, Jazoir "G" guruhida peshqadamlikni ta’minladi (22 ochko) va AQSh, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l oldi.
Shu tariqa, Jazoir 5-bor mundial ishtirok etadi. Debyut 1982 yilga to‘g‘ri keladi.
Bundan avval Afrika qit’asidan JCh–2026 musobaqasiga Marokash, Tunis va Misr terma jamoalari ham yo‘llanma olgan edi.
Jahon chempionati–2026 saralash. Afrika. "G" guruhi. 9-tur
Somali — Jazoir 0:3
Gollar: 0:1 — Amura (6'), 0:2 — Marez (19'), 0:3 — Amura (58')
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist