Javohir Sohibov «Ozgen»ni tark etdi
Sohibov "Ozgen" klubi safida 19 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta assistni amalga oshirdi.
Фото: Озген
Qirg‘izistonning "Ozgen" klubi yarim himoyachisi Javohir Sohibov bilan xayrlashdi.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma muddatini uzaytirmaslikka qaror qilishgan.
30 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini yakunlashi mumkin. Biroq, bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan.
Sohibov "Ozgen" klubi safida 19 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta assistni amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist