locale OZ

Javohir Sindarov fevral oyida rasmiy freestyle bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi!

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) va Freestyle Chess Operations GmbH kompaniyasi ilk bor rasmiy FIDE freestyle shaxmat bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Sindarov fevral oyida rasmiy freestyle  bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi!
photo: Chess Uzbekistan

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) va Freestyle Chess Operations GmbH kompaniyasi ilk bor rasmiy FIDE freestyle shaxmat bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Musobaqa 2026-yil 13–15-fevral kunlari Vayzenxaus (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnir FIDE homiyligida va Freestyle Chess bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

FIDE freestyle bo‘yicha jahon chempionati avval o‘tkazilgan Fisher shaxmati (Chess960) formatidagi FIDE turnirlarining (2019 va 2022-yillar) mantiqiy davomi hisoblanadi va unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.

Shulardan 6 nafar ishtirokchi 2025-yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour natijalariga ko‘ra yo‘llanma oldi:

Magnus Karlsen

Levon Aronyan

Fabiano Karuana

Vinsent Keymer

Arjun Erigaisi

Javohir Sindarov

Yana 2 ta o‘rin alohida tartibda taqsimlanadi:

- bittasini FIDE tanlaydi,
- ikkinchisini Freestyle Chess tashkiloti belgilaydi.

Freestyle Chess allaqachon Hans Nimanni Las-Vegasdagi yorqin chiqishi uchun nomzod sifatida ko‘rsatgan.

FIDE esa sakkizinchi ishtirokchini aniqlash uchun Chess.com platformasida onlayn saralash turniri o‘tkazadi (taxminan 14–15-yanvar kunlari).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting