locale OZ

Javohir Husanov: Mister Kannavaro juda ham kuchli murabbiy ekan

Javohir Husanov terma jamoamizga chaqiruvi, terma jamoa bosh murabbiyi va o'yinlar haqida "Qo'qon-1912" jamoasining matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Husanov: Mister Kannavaro juda ham kuchli murabbiy ekan
photo: Qo'qon-1912

O'zbekiston MTJ safida yanvar oyidagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etib, ikkita uchrashuvda ikkita gol urishga erishgan Javohir Husanov terma jamoamizga chaqiruvi, terma jamoa bosh murabbiyi va o'yinlar haqida "Qo'qon-1912" jamoasining matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

- Javohir birinchi navbatda O'zbekiston MTJda debyutingiz bilan tabriklaymiz. Birinchi navbatda terma jamoaga qachirilishingizni qanchalik kutgandingiz?

- Avvalambor assalomu alaykum! Ochig'ini aytganda, O'zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olishimni kutmagandim. Birinchi marta mamlakatimizning bosh terma jamoasiga chaqiruv olganimdan xursandman.

- Terma jamoa libosini kiyganingizda qanday xis tuyg‘ular o'tdi?

- Mamlakatimizning bosh jamoasini libosini kiyish har bir futbolchining orzusi va maqsadi bo'lsa kerak. Libosni kiyganingizdan keyin buni oqlash uchun harakat qilar ekansiz. Vatan libosida siz katta ma'suliyatni his qilasiz.

- Fabio Kannavaro haqida nima deya olasiz? Umuman ushbu murabbiyning mahalliy murabbiylardan qanday ajralib turuvchi farqi bor ekan?

- To'g'risini aytganda, Mister Kannavaro juda ham kuchli murabbiy ekan. Ushbu yig'inda asosan raqibni pressing qilish bo'yicha juda ko'p ishlar olib borildi. Har bir murabbiyning o'z uslubi va yo'nalishi bor. O'zbekiston MTJ bosh murabbiyning talabchanligini a'lohida ta'kidlab o'tishim lozim.

- 2 ta o‘yin va 2 ta gol. Terma safidagi o'yiningiz haqida nima deya olasiz?

- Har ikki bahsda ham maydonga tushib, har ikkisida ham gol urganimdan juda xursandman. Avval aytganimdek, terma jamoaga chaqiruv har bir futbolchining orzusi. Agar futbolchi bosh terma jamoaga chaqiruv olib, yana debyutida gol ursa, uning baxti yuz baravar oshib ketadi. Hech bir futbolchi o'zining o'yinidan hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Men ham yanada ko'proq ishlab vatanim uchun borimni berishga harakat qilaman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting