locale OZ

Jasurbek Jaysunov: \"Xitoydagi musobaqalar biz uchun anchayin muvaffaqiyatli o'tdi, asosiy maqsad Jahon chempionati\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jasurbek Jaysunov: "Xitoydagi musobaqalar biz uchun anchayin muvaffaqiyatli o'tdi, asosiy maqsad Jahon chempionati"
PHOTO: Telegram

O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi axborot xizmati milliy terma jamoa a'zosi Jasurbek Jaysunov bilan kichik suhbat tashkil etdi. Intervyuda siz Jasurbekning ortda qolgan ikki xalqaro musobaqa, Toshkentdagi xalqaro yig'in va qolaversa, termamizning keyingi xalqaro musobaqasi bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.

"Barchaga salom. Mana bizning Xitoyga qilgan safarimiz ham yakuniga yetdi. "WT Prezidenti kubogi"ning Osiyo qit’asi uchun mo‘ljallangan turniri hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kabi muhim musobaqalarda ishtirok etdik. Ushbu musobaqalarda bizning terma jamoa anchayin muvaffaqiyatli ishtirok etganini ta’kidlamoqchiman. Ko‘pgina medallarga ega chiqdik. Shu qatorda menga ham mazkur musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilish va har ikki turnirda g‘olib bo‘lish nasib etdi. Bu turnirlar orqali shu yili bo‘lib o‘tadigan yirik turnirlar, misol uchun, Jahon chempionati, Islom birdamlik o‘yinlari kabi musobaqalar uchun muhim reyting ochkolarini ishlab oldim. Musobaqalardan qaytishimiz bilanoq o‘z qarorgohimizda Braziliya va Xitoy Olimpiya terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi. Har ikki termada munosib sportchilar yetarlicha. Bu mashg‘ulotlar bizga navbatdagi start — Sofiya shahrida o‘tadigan "WT President's Cup Europe" musobaqasi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Musobaqada ishtirok etishdan asosiy maqsadimiz Yevropaning ham top darajadagi taekvondo ustalari bilan bellashib, Jahon chempionatidan oldin yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdir. Umid qilamanki, bu musobaqada ham o‘z vazn toifamda kuchlilar qatorida bo‘laman. Eng muhimi, bizga muxlislik qilib, qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman", deydi Jaysunov.

Ma'lumot uchun, "10th WT President's Cup Europe" musobaqasi 18-may kuni Bolgariya poytaxti Sofiyada tashkil etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting