Jasur Yaxshiboyev - \"Lokomotiv\" futbolchisi!
asur Yaxshiboyev 24.06.1997 kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug‘ilgan. Bo‘yi 178 sm, vazni 71 kg.
photo: Lokomotiv fk
2021-yilning 28-sentyabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to‘p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev "Lokomotiv" PFK bilan shartnoma imzoladi.
Endilikda mohir yarim himoyachi "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Jasur Yaxshiboyev 24.06.1997 kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug‘ilgan. Bo‘yi 178 sm, vazni 71 kg.
Yaxshiboyev faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", OKMK, Qozog‘istonning "Ordabasi", Belarusning "Shaxtyor" va "Energetik-BGU", Moldovaning "Sherif", Polshaning "Legiya" hamda Eronning "Nassaji" klublarida to‘p tepgan.
Jasur Yaxshiboyevga "Lokomotiv" safiga xush kelibsan deb qolamiz. Omad yor bo‘lsin!
Ibrohim Jalolov
Redaktor