locale OZ

Jasur Xolturayev Iroq klubiga ko'chib o'tdi

28 yoshli hujumchi 2025 yil Superligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jasur Xolturayev Iroq klubiga ko'chib o'tdi
Фото: Ал Нажаф

Iroq chempionatida to'p tepayotgan legionerlarimiz soni yana bittaga oshdi.

Sports24.uz nashri xabariga ko'ra, o'tgan mavsumda "Qo'qon-1912" libosida to'p surgan hujumchi "Al Najaf" klubiga o'tdi.

28 yoshli hujumchi 2025 yil Superligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Ma'lumot uchun, Jasur Xolturayev faoliyati davomida "Sho'rtan", "Surxon", "Metallurg", "Qizilqum", "Buxoro" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Shu tariqa, Iroqda Murad Bobojonov, Marlen Chobanov, Sherzod Temirov, Baxtiyor Qosimov kabi futbolchilar ham to'p surmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting