locale OZ

Jasur Xolturayev «Alay» jamoasiga o'tdi

Avvalroq Jasur Iroqning "Al Najaf" jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jasur Xolturayev «Alay» jamoasiga o'tdi
Фото: Қўқон-1912 ПФК

O‘zbekistonlik hujumchi Jasur Xolturayev faoliyatini Qirg‘iziston chempionatida davom ettiradi.

Sports24.uz xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi "Alay" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Bu klubga kelguniga qadar Jasur Iroqning "Al Najaf" jamoasi sharafini himoya qilgan. Shartnomasi yakuniga yetgach, "Alay" bilan kelishuvga erishgan.

Xolturayev faoliyati davomida O‘zbekiston Superligasida 100 dan ortiq bellashuvlarda maydonga tushgan.

"Surxon", "Metallurg", "Qo‘qon-1912" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting