Jasur Hakimov — «Metallurg» futbolchisi
Yangi mavsumga puxta reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutmayapti.
Jumladan, hujum chizig‘iga tajribali futbolchi Jasur Hakimov taklif etildi. O‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan forvard Bekobodga qaytdi va yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
Ma`lumot uchun, Hakimov 2016-yil aynan "Metallurg" safidagi yorqin o‘yinlari bilan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi e`tiborini o‘ziga qaratgan va poytaxt jamoasiga transfer qilingandi.
O‘tgan mavsum "Sho‘rtan" futbol klubi safida Superliga, PRO-Liga va O‘zbekiston kubogi doirasida futbolchi 20 ta bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol urib, 1 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.
Mashhur "Transfermarkt" portali futbolchining aktual transfer narxini 75 ming yevroga baholamoqda.
"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jasur Hakimov faoliyati davomida "sherlar" va "Metallurg" klubidan tashqari "So‘g‘diyona", "Qo‘qon-1912", OKMK, "Buxoro", "Turon", "Bunyodkor", "Lokomotiv" hamda "Sho‘rtan" jamoalari sharafini himoya qilgan.
"Jasur Hakimov yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.
Jasur Hakimov
Tug‘ilgan sanasi: 24.05.1994
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Bo‘yi: 1.86
Ampluasi: Hujumchi
O‘ynagan jamoalari: "Paxtakor", "So‘g‘diyona", "Metallurg", "Qo‘qon-1912", OKMK, "Buxoro", "Turon", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Sho‘rtan".