Jarrod Bouen: \"Maqsadimiz yana Premyer-ligaga qaytish\"
"Vest Hem" sardori jamoaning asosiy maqsadini ma'lum qildi.
Foto: Getty Images
"Vest Hem" sardori Jarrod Bouen jamoaning asosiy maqsadi yana Angliya Premyer-ligasiga qaytish ekanini ma'lum qildi.
"Bu klub men uchun juda qadrli. Men shu yerda qolaman va jamoani yana Premyer-ligaga olib chiqishni istayman. Maqsadimiz aniq — elitaga qaytish", — dedi Bouen.
29 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida bir qator Premyer-liga klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Vest Hem" safida qolishga qaror qildi. U klubning yangi loyihasi va rahbariyatning rejalari unga ishonch bag‘ishlaganini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, "Vest Hem" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Premyer-ligani tark etib, Chempionshipga tushib ketgandi. Endilikda londonliklar yangi mavsumda elitaga qaytish uchun kurash olib boradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist