locale OZ

JAR ustozi jamoani Jahon chempionatiga olib chiqqan eng keksa murabbiyga aylandi

Ugo Broos futbol boʻyicha Jahon chempionatlari tarixiga kirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JAR ustozi jamoani Jahon chempionatiga olib chiqqan eng keksa murabbiyga aylandi
FOTO: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoasini boshqarayotgan belgiyalik mutaxassis Ugo Broos Jahon chempionati oʻyiniga jamoani olib tushgan tarixdagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi. U ushbu natijani 74 yoshu 62 kunligida qayd etdi.

Broos germaniyalik mutaxassis Otto Rexagelning (71 yoshu 317 kun) koʻrsatkichini yangiladi. Ayni daqiqalarda JAR terma jamoasi «A» guruhi 1-turi doirasida Meksikaga qarshi maydonda toʻp surmoqda.

Broosning 2026 yilgi dunyo birinchiligidagi ushbu rekordini Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi, sentyabr oyida 75 yoshni qarshilaydigan Miroslav Koubek hamda Kyurasao milliy terma jamoasini boshqarayotgan Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi Dik Advokat yangilashi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting