locale OZ

JAR terma jamoasi yarimhimoyachisi Txemba Zvane uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

36 yoshli futbolchi Meksikaga qarshi oʻyinda qizil kartochka olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JAR terma jamoasi yarimhimoyachisi Txemba Zvane uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Txemba Zvane JCh-2026 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi uchrashuvdagi (0:2) chetlatish sababli uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

36 yoshli futbolchi mazkur uchrashuvning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi. Biroq oradan 23 daqiqa o‘tib, Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Roberto Alvaradoga qarshi qo‘pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi. Zvane raqibining yuz qismiga qo‘li bilan zarba bergan.

Shu tariqa, Txemba guruh bosqichining qolgan qismidagi Chexiya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, JAR terma jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanma olgan taqdirda ham, u pley-offning dastlabki bahsida maydonga tusha olmaydi. Ayni paytda JAR jamoasi bitta uchrashuvdan so‘ng ochko jamg‘ara olmagan holda «A» guruhida so‘nggi, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting