locale OZ

JAR Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqan Afrikaning yettinchi jamoasi boʻldi

Janubiy afrikaliklar ilk bor ushbu boshqichda ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JAR Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqan Afrikaning yettinchi jamoasi boʻldi
FOTO: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi Jahon chempionati tarixida pley-off bosqichiga yo‘l olgan yettinchi Afrika terma jamoasi sifatida tarixga kirdi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan JAR ilk bor mundialning pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, JAR Kamerun, Nigeriya, Senegal, Gana, Jazoir va Marokashdan keyin Jahon chempionatlarida pley-off bosqichiga chiqqan yettinchi Afrika terma jamoasiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi bungacha 1998, 2002 va 2010-yilgi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan, biroq biror marta ham guruh bosqichidan chiqa olmagandi. 2026-yilgi mundialda esa ular o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting