Janubiy Koreyadan Farer orollarigacha – «Dinamochilar»ni qanday o‘yinlar kutmoqda?
Janubiy Koreyadan Farer orollarigacha – «Dinamochilar»ni qanday o‘yinlar kutmoqda?
FIFA kunlari bois «Dinamo» jamoasining 5 nafar a’zosi milliy va olimpiya jamoalari safida harakat qilmoqda.
Xususan, Azizbek Amonov va Edem Nemanovni O‘zbekiston milliy jamoasi safida Toshkentda Suriya (1 oktyabr) va safarda Janubiy Koreyaga (6 oktyabr) o‘yinlar kutib turibdi. Huquqiy jihatdan «Dinamo»ga tegishli bo‘lgan Jahongir O‘rozov ham bu bahslarda maydonga tushishi kutilmoqda.
Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonovni esa Yaponiyadagi Osiyo O‘yinlari-2026 yarimfinalida 30 sentyabr kuni mezbon Yaponiyaga qarshi bahs kutmoqda. G‘alaba olimpiyachilarni finalga olib chiqadi.
Jamoamiz himoyachisi Mixail Shtefanni esa bugun UYEFA Millatlar ligasi 2-turida Moldova – Farer orollari o‘yini kutib turibdi. 2 oktyabrda esa qo‘shni Qozog‘istonga qarshi o‘yin, 6 oktyabrda esa Slovakiya bilan bahs kutib turibdi.
Futbolchilarimiz 6 oktyabrdan keyin «Dinamo» safiga qaytadi va .«Nasaf» bilan o‘yin 9 oktyabr kuni o‘tkaziladi.