locale OZ

Janubiy Koreya prezidenti ahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng jamoani qattiq tanqid ostiga oldi

Turnir ular uchun yomon boshlanmagandi — dastlabki turda Chexiya terma jamoasi ustidan irodali g‘alaba (2:1) qo‘lga kiritildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janubiy Koreya prezidenti ahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng jamoani qattiq tanqid ostiga oldi
photo: gettyimages

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng ularni qattiq tanqid ostiga oldi.

«Men hozir shunchaki hayratni emas, balki butunlay mantiqsizlik tuyg‘usini his qilyapman. Tanish-bilishchilik professionalizm ustidan g‘olib chiqdi, nomaqbul odamlar rahbarlik lavozimlariga tayinlanganda esa, bunday natija bo‘lishi kunday ravshan edi. Ro‘y bergan ushbu omadsizlik — tashkiliy va kadrlar borasidagi xatolarning mahsulidir», — deb yozdi siyosatchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, koreyslar guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, "A" kvartetida uchinchi o‘rinni egallagan holda musobaqani tark etishdi. Turnir ular uchun yomon boshlanmagandi — dastlabki turda Chexiya terma jamoasi ustidan irodali g‘alaba (2:1) qo‘lga kiritildi. Biroq shundan so‘ng Meksikadan mag‘lubiyat (0:1) va uchinchi turda JAR terma jamoasidan xuddi shunday hisobdagi kutilmagan mag‘lubiyat qabul qilib olindi. Yakunda koreyslarga eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4 ta uchinchi o‘rin sohiblari qatoriga kirish uchun uch ochko yetmay qoldi — ular to‘plar nisbatiga ko‘ra Senegal terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting