Janubiy Koreya bosh murabbiyi iste'foga chiqdi
Murabbiy iste'fosi haqida gapirdi.
ФОТО: Getty images
Janubiy Koreya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Xon Myon Bo 2026 yilgi Jahon chempionatidagi omadsiz ishtiroki va jamoaning pley-off bosqichiga chiqa olmagani sababli o‘z lavozimini tark etdi.
"Bugun men Janubiy Koreya erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketishga qaror qildim. Koreya futbolini sevadigan va milliy jamoani qo‘llab-quvvatlaydigan barcha muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Biz kutilgan natijalarga erisha olmadik va buning uchun to‘liq mas’uliyat bosh murabbiy sifatida mening zimmamda", dedi Xon Myon Bo.
57 yoshli mutaxassisning Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishi kerak edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist