Janni Infantino Krishtianu Ronalduni tarixiy rekord bilan tabrikladi
Portugaliya terma jamoasi sardori JCh-2026 guruh bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa 41 yoshli hujumchi futbol tarixida 6 ta turli Jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Ronaldu avval 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022-yilgi mundiallarda gol urgan edi. Endilikda u 2026-yilgi Jahon chempionatida ham o‘z nomini tabloga yozdirib, faoliyatidagi yana bir tarixiy marrani zabt etdi.
Ushbu noyob natija FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan ham e’tirof etildi. Infantino Ronalduni tarixiy yutuq bilan tabriklab, unga turnirning keyingi uchrashuvlarida omad tiladi.
O‘zbekiston bilan bahsda kiritilgan ikki gol Ronalduning Jahon chempionatlaridagi umumiy gollari sonini 10 taga yetkazdi. Shu bilan birga, u Portugaliya terma jamoasi tarixida mundiallardagi eng yaxshi to‘purar maqomini ham qo‘lga kiritdi.