locale OZ

Janni Infantino JCh ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazmoqchi

2026-yilgi mundialda 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Janni Infantino JCh ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazmoqchi
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino kelajakda Jahon chempionati ishtirokchilari sonini yanada kengaytirish imkoniyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi hamda Italiya terma jamoasining jahon birinchiligiga chiqolmagani borasida hazil qildi.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

«Butun dunyoni futbolga yanada koʻproq jalb qilish maqsadida Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 ta milliy jamoaga qadar kengaytirish imkoniyatlarini allaqachon oʻrganib chiqdik. Ushbu masala FIFA Kengashiga topshirildi, ammo hozircha keling, 48 ta jamoa ishtirokida oʻtayotgan ushbu ilk turnirdan zavq olaylik. 64 ta terma jamoa boʻlsa, ehtimol, Italiya saralashdan oʻta olgan boʻlardi… hatto ularning ishtirokini kafolatlash uchun jamoalar sonini 208 taga yetkazishimiz ham mumkin edi», — dedi Infantino.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting