Janni Infantino: «JCh-2026 tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak»
FIFA prezidenti Janni Infantino hozirgi geosiyosiy vaziyatlar haqida to‘xtalib, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi Jahon chempionati dunyoda tinchlikni saqlashga yordam berishi lozimligini ta’kidladi.
«FIFA geosiyosiy mojarolarni hal qila olmaydi, biroq biz futbolning va jahon chempionatining kuchidan aloqalarni o‘rnatish hamda tinchlikni targ‘ib qilish yo‘lida foydalanishga qat’iy qaror qilganmiz. Hozirda xayolimiz davom etayotgan urushlar oqibatidan jabr chekayotganlar bilan birga», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirdi jurnalist Rob Harris.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron milliy terma jamoasi vakili Yaqin Sharqdagi mojarolarga qaramasdan, jamoa JCh-2026 musobaqasini boykot qilish niyatida emasligini ma’lum qilgan edi.