locale OZ

Janni Infantino: \"Jahon minbariga xush kelibsiz!\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janni Infantino: "Jahon minbariga xush kelibsiz!"
Photo: gettyimages

FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonni FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasi bilan tabrikladi.

"O‘zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026-yilda 🇨🇦 Kanada, 🇲🇽 Meksika va 🇺🇸 AQShda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman!

O‘zbekiston FIFAga 1994-yilda a’zo bo‘lganidan buyon Olimpiada o‘yinlari, yoshlar o‘rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko‘rsatib kelmoqda. Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so‘ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o‘tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar “Oq bo‘rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda. Qoyilmaqom! Jahon chempionatidagi ilk ishtirokdan zavqlaning. Jahon minbariga xush kelibsiz,- deyiladi tabrikda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting