locale OZ

Janni Infantino Isroil jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish g‘oyasini rad etdi

Avvalroq G'azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroil terma jamoasini chetlatish boʻyicha koʻplab murojaatlar boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janni Infantino Isroil jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish g‘oyasini rad etdi
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino Isroil jamoalarini xalqaro turnirlardan chetlatish borasidagi chaqiriqlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot hozircha bunday choralar ko‘rish niyatida emas.

«FIFA Nizomi qoidalarini talqin qilish kontekstida Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yakuniy huquqiy maqom xalqaro ommaviy huquq doirasida ochiq va o‘ta murakkab masala bo‘lib qolayotganini hisobga olsak, hozirda hech qanday chora ko‘rilmasligi kerak», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirdi jurnalist Rob Harris.

Avvalroq G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroil terma jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlatish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning fevral oyidan buyon Rossiyaning barcha jamoalari va terma jamoalari Ukrainadagi harbiy harakatlar sababli xalqaro turnirlardan chetlatilgan holatda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting