locale OZ

Janni Infantino Eron terma jamoasi o‘yinlarining AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Forslar guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan toʻqnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janni Infantino Eron terma jamoasi o‘yinlarining AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionatida Eron terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni AQSHdan Meksikaga ko‘chirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«FIFA jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha jamoalar halol o‘yin va o‘zaro hurmat ruhida musobaqalashishiga umid qiladi. Bizda tasdiqlangan taqvim bor. Tez orada barcha 48 ta ishtirokchi jamoa nomi ma’lum bo‘ladi va biz jahon chempionati belgilangan grafik asosida o‘tishini xohlaymiz», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirdi jurnalist Rob Harris.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo mintaqasidan saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan Eron terma jamoasi «G» guruhidan joy olgan. Ushbu guruhda shuningdek, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor. Rejaga ko‘ra, Eron Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi Los-Anjelesda, Misr bilan esa Sietlda maydonga tushishi belgilangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting