Janni Infantino: «Eron terma jamoasi JCj-2026da ishtirok etadi va o‘z o‘yinlarini AQSHda o‘tkazadi»
FIFA prezidenti Eronning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
FOTO: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilot kongressida Eron milliy terma jamoasining AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH 2026dagi ishtiroki bo‘yicha bayonot berdi.
«Eron 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi va o‘z uchrashuvlarini AQSH hududida o‘tkazadi.
Buning sababi juda oddiy. Biz birlashishimiz va odamlar bilan aloqani saqlab qolishimiz kerak. FIFA dunyoni birlashtiradi. Biz har doim ijobiy kayfiyatda bo‘lishimiz lozim», — deydi Infantino.
Ma’lumot uchun, Eron terma jamoasi guruh bosqichi doirasidagi ikkita uchrashuvni Los-Anjelesda o‘tkazadi. Yana bir bahs esa Sietl shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist