locale OZ

Janni Infantino Donald Trampning nima sababdan JCh-2026 o‘yinlariga kelmayotganini tushuntirdi

FIFA prezidentining aytishicha, Trampning boshqa ishlari bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janni Infantino Donald Trampning nima sababdan JCh-2026 o‘yinlariga kelmayotganini tushuntirdi
FOTO: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp nima uchun futbol bo‘yicha JCh-2026 uchrashuvlariga tashrif buyurmayotganiga oydinlik kiritdi.

— Ha, biz muntazam ravishda aloqada bo‘lib turibmiz. Deyarli har kuni. U turnirdan mamnun va undan katta zavq olmoqda. Barcha o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilyapti.

— U nima uchun haligacha stadionda ko‘rinish bermadi? Xavfsizlik bilan bog‘liq masalalar haddan tashqari ko‘pmi?

— Yo‘q, yo‘q. O‘ylashimcha, uning shunchaki boshqa qiladigan ishlari ham bor… Agar u stadionga kelsa, odamlar: «Dunyoda shuncha voqealar sodir bo‘layotgan bir paytda u stadionda nima qilyapti?» deb so‘ray boshlashadi. Men u va uning administratsiyasi bilan doimiy aloqadaman. Mening fikrimcha, uning jamoasi Jahon chempionatini tashkil etish ishlarini a’lo darajada uddalamoqda, — deya Infantinoning so‘zlarini keltirmoqda Bluewin nashri.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Final uchrashuvi Ist-Raterfordda (AQSh) o‘tkaziladi. Amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting