locale OZ

Janluiji Donnarumma «Manchester City»dan ketishi mumkin

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Janluiji Donnarumma «Manchester City»dan ketishi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester City» darvozaboni Janluiji Donnarumma klub moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli jiddiy jazoga duch kelsa, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Donnarummaga «Manchester City»ga o‘tishidan oldin Italiyaning ikki grandi — «Milan» va «Inter» qiziqish bildirgan. Agar Angliya grandidagi vaziyat yomonlashsa, Milan shahridan bo‘lgan klublar darvozabon uchun yana kurashishi mumkin.

Qayd etish joizki, Donnarumma «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015-yildan 2021-yilgacha asosiy jamoa safida harakat qilgan. Shundan so‘ng 2021–2025-yillarda «PSJ»da o‘ynadi va keyin Angliyaga ko‘chib o‘tdi.

27 yoshli italiyalik darvozabon joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting